Mahalliy

Farg‘onada sifatsiz armatura va o‘yinchoqlar yo‘q qilindi

Nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan davlat nazorati tadbirlari davomida Xitoyda ishlab chiqarilgan, standart talablariga javob bermaydigan

Farg‘onada sifatsiz armatura va o‘yinchoqlar yo‘q qilindi.

Farg‘ona viloyatida standartlarga mos kelmaydigan armatura mahsulotlari savdosi to‘xtatilib, utilizatsiya qilindi. Bu holat Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan davlat nazorati tadbirlari chog‘ida aniqlangan. Qonunbuzarliklar aniqlangach, ushbu armatura mahsulotlarining sotilishi to‘xtatilib, belgilangan tartibda yo‘q qilingan.

Shu bilan birga, viloyatda sifatsiz o‘yinchoqlar savdosi ham to‘xtatilib, ular utilizatsiya qilingan. Nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan, biroq standart talablariga javob bermaydigan o‘yinchoq mahsulotlari topilgan. Nazorat tadbirlari yakunida ushbu o‘yinchoq mahsulotlarining sotilishi to‘xtatilib, ular ham belgilangan tartibda utilizatsiya qilingan.

Sifatsiz mahsulotlar ro‘yxati bilan ushbu manzil orqali tanishishingiz mumkin.

uzbekistanfargʻonaconsumer protectiontoyssubstandard productsproduct recallrebarproduct safety