“Real” Yan Diomande transferini rasman e’lon qildi

"Real" Yan Diomandening transferini rasman tasdiqladi.
Madridning "Real" klubi Germaniyaning "Leypsig" jamoasi hujumchisi Yan Diomandening transferini rasman e'lon qildi. Futbolchi bilan imzolangan shartnoma 2033-yilgacha kuchda bo'ladi. Bu haqda "qirollik klubi"ning rasmiy veb-sayti ma'lum qildi.
Avvalroq, ommaviy axborot vositalarida Diomandening transferi 125 million yevroga baholangani haqida xabarlar tarqalgan edi. Qo'shimcha bonuslar bilan bitimning umumiy qiymati 135 million yevrogacha yetishi, murakkabroq shartlar bajarilgan taqdirda esa 140 million yevroni tashkil etishi mumkin.
Yan Diomande 2025-yildan beri "Leypsig" safida o'ynab kelayotgan edi. U 2025/26-yilgi mavsumda 36 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urgan va 10 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining taxminiy transfer qiymati 90 million yevroni tashkil etadi. Kot-d'Ivuar terma jamoasi safida 2026-yilgi Jahon chempionatida to'rtta o'yinda ishtirok etib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

