Siyosat
Prezident Qozog‘istonga tashrif buyurdi
Ostona shahri aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiylar kutib oldi

Qozog‘istonga O‘zbekiston Prezidentining tashrifi amalga oshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga yetib keldi.
Ostona shahri aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov hamda boshqa rasmiy shaxslar kutib olishdi.
Tashrif dasturiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti "Kelajak o‘yinlari" uchinchi xalqaro musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
uzbekistanshavkat mirziyoyevkazakhstaninternational eventpresidential visitastanaqasim-jomart toqayevgames of the future

