Siyosat

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga boradi

Davlatimiz rahbari Ostona shahrida «Kelajak o‘yinlari» uchinchi xalqaro musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga ishchi tashrif buyuradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga ko‘ra, 29-iyul kuni Qozog‘istonga amaliy tashrif bilan boradi.

Davlat rahbari Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan uchinchi xalqaro “Kelajak o‘yinlari” musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.

“Kelajak o‘yinlari” an’anaviy sport turlari va ularning raqamli shakllarini birlashtirgan musobaqadir.

Ushbu musobaqa 29-iyuldan 9-avgustgacha bo‘lib o‘tadi va unda 50 dan ortiq mamlakat vakillari, jumladan, O‘zbekiston sportchilari ham ishtirok etadi.

o‘zbekistonshavkat mirziyoyevsportqozog‘istontashrifqosim-jo'mart to'qayevkelajak o'yinlarixalqaro musobaqa