Sport

Polshalik erkak 55 soat dam olmasdan Boltiq dengizini suzib o‘tdi (video)

Polshalik suzuvchi 55 soat tinimsiz suzib, Boltiq dengizini kesib o‘tdi (video)

Polshalik ultramarafonchi suzuvchi Bartlomik Kubkovskiy Boltiq dengizini beshinchi urinishida muvaffaqiyatli bosib o‘tdi. U taxminan 160 kilometr masofani 55 soatga yaqin vaqt ichida suzib o‘tdi. Bu haqda Meduza nashri ma’lum qildi.

Kubkovskiy suzishni 31-iyul kuni Shvetsiya qirg‘og‘idan boshlagan. U 2-avgust yakshanba kuni Dziyvnuv shahri plyajiga yetib keldi. Butun yo‘l davomida u yordamchi qayiqqa tegmagan, dam olmagan va uxlamagan.

Unga oziq-ovqat qayiqdan maxsus naycha orqali yetkazib berilgan. Bu Kubkovskiyning beshinchi urinishi bo‘lib, u birinchi marta muvaffaqiyatli yakunlandi. Kubkovskiyning ushbu suzishi "Ultra Baltic Swim" loyihasi doirasida amalga oshirildi. U "Cancer Fighters" jamg‘armasi homiyligidagi bemorlarga bag‘ishlandi va ular uchun xayriya mablag‘lari yig‘ildi.

Kubkovskiydan avval boshqa bir polshalik suzuvchi, Sebastyan Karash ham Boltiq dengizini suzib o‘tgan edi (lekin qisqaroq yo‘nalish bo‘yicha). U 2017-yilda Polshaning Kolobjeg qirg‘og‘i bilan Daniyaning Bornholm oroli o‘rtasidagi 100 kilometrlik masofani 28 yarim soatda bosib o‘tgandi.

polshashvetsiyarekordsuzishboltiq dengiziultrachidamlilikxayriyasport