“Paxtakor” Iroq terma jamoasi hujumchisining transferini e’lon qildi (foto)

"Paxtakor" Iroq terma jamoasi hujumchisi Ayman Husaynni o'z safiga qo'shib oldi (foto)
Toshkentning "Paxtakor" futbol klubi Iroq milliy terma jamoasining 30 yoshli hujumchisi Ayman Husayn bilan shartnoma imzolaganini ma'lum qildi.
Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, tajribali futbolchi bilan tuzilgan kelishuv joriy mavsum oxirigacha amal qiladi. Qayd etish joizki, Ayman Husayn yaqinda bo'lib o'tgan Jahon chempionatida Iroq terma jamoasining yagona goliga mualliflik qilgan edi.
Hujumchi o'z faoliyati davomida ko'plab jamoalarda to'p surgan. U Iroqning "Duhok", "Naft", "Shorta", "Al-Quva al-Javiya", "Karma", Tunisning "Sfaksiyen", Qatarning "Umm-Salal", "Markiya", "Al-Xor", "Al-Vakra", BAAning "Al-Jazira" hamda Marokashning "Raja" kabi qator klublarida o'ynagan.
Ayman Husayn klublar miqyosida ichki chempionatlarda jami 120 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan, Iroq milliy terma jamoasi tarkibida esa 34 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan. Shuningdek, uning hisobida Olimpiya o'yinlarida kiritilgan gollar ham mavjud.

