Sport

“Paxtakor” Iroq terma jamoasi hujumchisini sotib oladi — OAV

"Paxtakor" Iroq terma jamoasi hujumchisi Ayman Husaynni sotib oladi — OAV

Iroq terma jamoasi hujumchisi Ayman Husayn o‘z faoliyatini O‘zbekiston Superligasida davom ettirishi kutilmoqda. Tajribali futbolchi Toshkentning "Paxtakor" klubi safiga qo‘shiladi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Ayman Husayn transfer jarayonlarini yakunlash va klub bilan rasman shartnoma imzolash uchun 30-iyul, payshanba kuni O‘zbekistonga yetib keladi. Iroqlik hujumchi "sherlar" bilan "1+1" ko‘rinishida (bir yillik va yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan) bitim imzolashi rejalashtirilgan. Manbalarda qayd etilishicha, hujumchining "Paxtakor"dagi maoshi har bir mavsum uchun 1 million dollarni tashkil etadi. Bu xarid orqali u O‘zbekiston Superligasining eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylanadi.

"Paxtakor" rahbariyati ushbu transfer orqali xalqaro maydondagi, xususan, Osiyo Chempionlar Ligasidagi (OCHL) raqobatbardoshlikni oshirishni ko‘zlagan.

Ma'lumot o‘rnida, futbolchi o‘tgan mavsumni Iroqning "Al-Karma" klubi safida o‘tkazgan. Hujumchi klub tarkibida jami 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 9 ta gol hamda 1 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali hozirda Ayman Husaynning bozor qiymatini 400 ming yevroga baholamoqda.

sports newsfootballuzbekistan super leaguepaxtakorplayer transferayman husayniraqi national teamafc champions league