Sport

"Paxtakor" Eron terma jamoasi a’zosi Murtazo Puraliganjini o‘z safiga qo‘shib oldi

"Paxtakor" Eron milliy terma jamoasi a'zosi Murtazo Puraliganjini o'z tarkibiga kiritdi.

Klub matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, tajribali eronlik himoyachi Murtazo Puraliganji "Paxtakor" bilan joriy yil oxirigacha amal qiladigan shartnoma imzoladi.

34 yoshli futbolchi o'z faoliyati davomida Eronning "Naft" va "Persepolis", Xitoyning "Tianjin" va "Shenjen", Qatarning "Sadd" va "Arabi", shuningdek, Belgiyaning "Yupen" klublarida to'p surgan. U klublar miqyosida 300 ga yaqin o'yinda ishtirok etgan.

Eron terma jamoasi safida esa 54 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan. Puraliganji 2018 va 2022-yillardagi jahon chempionatlarining final bosqichlarida terma jamoaning asosiy o'yinchilaridan biri bo'lgan.

Murtazo Puraliganji "Paxtakor"ga "Persepolis"dan erkin agent sifatida kelib qo'shildi.

transferpaxtakormurtazo puraliganjipersepolisiran national teamdefenderfootballuzbekistan super league