Mahalliy

O‘zbekistonning to‘rtta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet 4−7-avgust kunlari Toshkent va vodiy viloyatlarining bir qancha tumanlarida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

O‘zbekistonning to‘rtta viloyatida sel kelishi xavfi haqida ogohlantirish e’lon qilindi.

O‘zgidrometning ma’lum qilishicha, 4-7-avgust kunlari kutilayotgan kuchli yog‘ingarchiliklar tufayli mamlakatning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel hamda suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin.

Shu munosabat bilan, ushbu hududlarda yashovchi aholi, dam oluvchilar va tog‘li yo‘llarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘raladi.

Qayd etilishicha, ayrim joylarda yomg‘ir suvlari to‘planib, hududlarni suv bosishi ehtimoli mavjud.

ob-havo ogohlantirishiyomg‘irtog‘li hududlartabiiy ofato‘zgidrometo‘zbekistonsel xavfisuv toshqini