O‘zbekistonliklar uchun Kuvayt vizasi soddalashtirilishi mumkin.
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kuvaytga safar qilishda viza olish tartibini soddalashtirish masalasi ikki davlat rasmiylari o‘rtasidagi uchrashuvda muhokama qilindi. Tomonlar bu borada manfaatdor idoralar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish muhimligini ta’kidladi..

O‘zbekistonliklar uchun Kuvayt vizasi olish jarayoni soddalashtirilishi mumkin. O‘zbekiston fuqarolarining Kuvaytga safar qilishida viza olish tartibini soddalashtirish masalasi ikki davlat rasmiylari o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvda muhokama qilindi. Tomonlar bu borada manfaatdor tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.
«Dunyo» axborot agentligi xabariga ko‘ra, O‘zbekistonning Kuvaytdagi elchixonasi vakillari ushbu davlat tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Tahani an-Nosir bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasida huquqiy sohadagi hamkorlikni mustahkamlash, jinoiy, fuqarolik va tijorat ishlari bo‘yicha o‘zaro aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar havo qatnovi, «aqlli» shaharlar, sog‘liqni saqlash, savdo, madaniyat va san’at sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish va erishilgan kelishuvlarni amaliy bosqichga o‘tkazish masalalarini ham ko‘rib chiqdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston fuqarolari uchun Kuvaytga safar qilish bilan bog‘liq viza tartibini soddalashtirish masalasi alohida e’tiborga olindi. Bu yo‘nalishda viza talablarini takomillashtirish maqsadida manfaatdor tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi.
Suhbat yakunida tomonlar huquqiy sohadagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.

