O‘zbekiston va Afg‘onistonning 2021–2025 yillardagi savdo-iqtisodiy hamkorligi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2021–2025 yillarda O‘zbekistonning Afg‘oniston bilan savdo-investitsiya hamkorligi hamda uning istiqbolli yo‘nalishlarini tahlil qildi.

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi 2021-2025 yillardagi savdo-iqtisodiy aloqalar
2021-yil avgust oyida Afg‘onistonda hukumat almashganidan keyin ham O‘zbekiston janubiy qo‘shnisi bilan amaliy iqtisodiy hamkorlikni davom ettirdi. O‘zbekiston uchun Afg‘oniston nafaqat muhim eksport bozori, balki Janubiy Osiyo bozorlari va dengiz portlariga chiqish imkonini beruvchi transport yo‘laklarining asosiy qismi hisoblanadi. Afg‘oniston esa O‘zbekiston mahsulotlarining uzluksiz yetkazib berilishidan, mamlakatning sanoat va texnologik salohiyatidan foydalanishdan, investitsiyalar jalb qilishdan hamda tranzit imkoniyatlaridan manfaatdor.

