O‘zbekiston bo‘ylab uch holatda hokim yordamchilari ushlandi
Andijon va Sirdaryo viloyatlarida hokim yordamchilarining imtiyozli kredit mablag‘larini o‘zlashtirganlik holatlari fosh etildi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltinko‘l tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda "U.T." va "Q.A." MChJlarning mas’ul shaxslari, "Qayirma" MFY hokim yordamchisi va boshqalar o‘zaro til biriktirib, fuqarolarga issiqxona faoliyatini kengaytirish maqsadida...

O‘zbekiston bo‘ylab uch holatda hokim yordamchilari qo‘lga olindi
Andijon va Sirdaryo viloyatlarida hokim yordamchilarining imtiyozli kredit mablag‘larini o‘zlashtirganligi aniqlangan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltinko‘l tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda "U.T." va "Q.A." MChJlarning mas’ul shaxslari, "Qayirma" MFY hokim yordamchisi va boshqalar o‘zaro til biriktirib, fuqarolarga issiqxona faoliyatini kengaytirish maqsadida ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘larini xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan bajarilmagan ishlarni hujjatlarda bajarildi deb ko‘rsatib, 442,3 mln so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.
Departamentning Mirzaobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda "Toshkent" MFY sobiq hokim yordamchisi va boshqalar o‘zaro til biriktirib, mazkur MFYda yashovchi 8 nafar fuqaroga ajratilgan 248 mln so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘larini ta’minotchi korxonalar orqali talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Departamentning Andijon shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda "L.A." MChJ rahbari A.K. va “Forobiy” MFY sobiq hokim yordamchisi o‘zaro til biriktirib, fuqarolarga ajratilgan 163 mln so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.
Ushbu holatlar bo‘yicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Zangiotada soliqchi, Buvaydada muhandis qo‘lga olindi
Soxta qarzdorlikdan «pul ishlamoqchi bo‘lgan» gaz xodimi qo‘lga olindi
«Qashqadaryo suv ta’minoti» mutaxassisi pora bilan qo‘lga olindi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Ispaniya Fransiyaga qarshi o‘yinda nimani isbotladi?
Shavkat Mirziyoyev Qatarga tashrif buyurdi
Qo‘shtepa masalasini Afg‘onistonga siyosiy bosim o‘tkazish orqali hal etib bo‘lmaydi – sobiq elchi
Instagram profilingiz ochiqmi? Meta sizning rasmlaringizdan foydalanyapti!
Avtomobil sanoatida «aqlli» ekranlar davri tugayaptimi?
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga ta’ziya bildirdi
Eron qaysi davlat rahbarlaridan qasos olmoqchi ekani ochiqlandi
Eron besh davlatdagi AQSh bazalariga hujum qildi: tafsilotlar
Madaniyat vazirligi rahbariyatida qator tayinlovlar amalga oshirildi
Dushanba kuni dollar kursi keskin qimmatlaydi
Baxtiyor Sheraliyev biolog-ixtiolog / genetik
«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali 2017 yilning 27 dekabrida elektron OAV sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Guvohnoma raqami: 156697. Muassis: «Xabar» gazetasi tahririyati. Tahririyat manzili: 100000, Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Navoiy 30.
Mas’ul muharrir Abdug‘ani Abdurahmonov. Elektron manzil: [email protected] Materiallarimizdan to‘liq yoki qisman foydalanilganda «Foydalanish shartlari»ga amal qilinishi shart. Barcha huquqlar O‘zbekiston Respublikasining ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi hamda mualliflik va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartib

