Belarusga ishlash uchun borgan andijonliklar maosh kamligidan norozi. Migratsiya agentligi holatga izoh berdi

Andijonliklar Belarusda ishlash uchun borganida maoshning pastligi bilan norozi bo‘lishdi. Migratsiya agentligi bu holatga izoh berdi. Andijon viloyatidan 250 dan ortiq fuqaro qishloq xo‘jaligi va chorvachilik sohasida vaqtinchalik mehnat qilish maqsadida Belarusga yo‘l oldi. Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonliklarning bir qismi to‘lanadigan ish haqi kamligi haqida norozilik bildirgan videolar tarqaldi. Migratsiya agentligi bu masala bo‘yicha “Daryo”ga izoh berdi.
Mehnat migrantlarining aytishicha, ish beruvchilar ularga 500 AQSH dollari miqdorida maosh taklif qilgan. “Agar 200 dollar qornimizga ketsa, 100 dollar kir-pirmiz, sovun-sodalarimizga sarflanadigan bo‘lsa, 200 dollar uchun bu yerda yurib, vaqtimizni o‘tkazish va sarson bo‘lishimizning foydasi yo‘q”, deydi murojaatchilardan biri.
Yana bir murojaatchi O‘zbekistonga qaytarib yuborish yaxshi ekanini aytsa, boshqasi O‘zbekistonda bundan ko‘proq topishini bildirgan. Ish beruvchilar esa ularga “ket” demayotgani, kechgacha hal qilishlarini ma’lum qilgan.
Belarus va Andijon o‘rtasidagi hamkorlik 13-iyul kuni mehnat migrantlarining birinchi guruhi Belarusga charter reysi bilan uchib ketishi bilan boshlandi. Loyiha Andijon viloyati hokimligi, Migratsiya agentligi va Vitebsk viloyati Mehnat, bandlik va ijtimoiy himoya qo‘mitasi o‘rtasidagi uch tomonlama kelishuv asosida amalga oshirilmoqda. Andijon viloyati hokimi respublikada ishlash istagini bildirgan 255 nafar fuqaro Belarusga yetib kelganini ma’lum qilgan. Ularni Vitebsk aeroportida Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya va Vitebsk viloyat ijroiya qo‘mitasi vakillari kutib olgan.
O‘zbekistonliklarga munosib mehnat sharoitlari, yuqori maosh va ijtimoiy kafolatlar va’da qilingan. Rasmiylarning fikricha, loyiha aholini ish bilan ta’minlash, oilalar uchun barqaror daromad manbayini yaratish va O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. “Men bitta raqamni aytaman, hozir prezident ham aytdi. Vitebsk viloyatining hududi 40 ming kvadrat kilometr, aholisi esa 1,2 million. Andijon viloyatining hududi esa 4 ming kvadrat kilometr, aholisi 4 million kishi. Siz, menimcha, buning qanday ekanini tushundingiz-a? Shuning uchun biz hurmatli hamkasbim Aleksandr Nikolayevich bilan bu yerga keldik, yo‘l xaritasini tuzdik. Birinchi masala — bu mehnat resurslari. Ular menga qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha odamlar kerakligini aytishdi: qishloq xo‘jaligi, sanoat, qurilish. Ularning buyurtmalariga asosan biz Andijonda shtab tashkil qildik va shu mutaxassisliklar bo‘yicha odamlarni tanlab oldik. Birinchi bosqich, balki eshitgandirsiz, hozir sizga ko‘rsatdim, samolyotda, charter reysi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri Andijondan Vitebskka… Bizni quvontiradigani, barcha tuman ma’muriyatlari ularni uyushgan holda kerakli joylarga, ishlaydigan yerga olib ketishdi. Turar joylar, sharoitlar yaratib berishdi”, dedi Shuhrat Abdurahmonov Belarus telekanaliga bergan intervyusida.
Migratsiya agentligi matbuot xizmati rahbari Gulruh To‘layevaning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, hozirda Andijon viloyati hokimligi va agentlikning Belarusdagi vakillari ish beruvchilar va mehnat migrantlarining o‘zaro huquqiy munosabatlarini ko‘rib chiqmoqda. “Ishchilarni tanlash

