Mahalliy

Otaning ismini bolaga familiya qilib berish mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonda otalar o‘z ismini farzandiga familiya sifatida berishiga ruxsat etiladi. Tegishli qonun bugun, 8-avgust kuni Senatda ma’qullandi.

Otaning ismi bolaga familiya sifatida berilishi mumkin bo‘ladi.

Hozirgi qoidalarga ko‘ra, bolaning familiyasi ota-onaning familiyasiga qarab belgilanadi. Shuningdek, milliy an’analarga muvofiq, ota yoki ona tomonidan boboning ismi ham familiya qilib berilishi mumkin.

Yangi qonun loyihasi Oila kodeksining 69-moddasiga o‘zgartirish kiritishni nazarda tutadi, bu esa otaning ismini bolaga familiya qilib qo‘yish imkonini beradi.

Senatorlarning fikricha, bu yangilik fuqarolarga qo‘shimcha qulayliklar yaratadi va ularning milliy hamda diniy an’analarga mos keladigan istaklarini amalga oshirishga yordam beradi.

Qonun ma’qullanib, imzolash uchun Prezidentga yuborildi.

uzbekistanlegislationfamily namesnaming conventionspaternitycultural traditionsreligious traditionschild's surname