“O‘rgimchak odam: Yangi kun” filmi bir haftada yilning eng kassabop filmiga aylandi

“O‘rgimchak odam: Yangi kun” filmi bir hafta ichida 2026-yilning eng yuqori daromad keltirgan kinokartinasiga aylandi.
Sony va Marvel studiyalari hamkorligida yaratilgan ushbu film premyerasidan keyingi dastlabki yetti kun ichida 1,1 milliard dollardan ziyod mablag‘ to‘plab, “O‘yinchoqlar tarixi 5” filmini ortda qoldirdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “O‘rgimchak odam” sikveli AQSH hududida 449 million dollar, xalqaro prokatda esa 706,3 million dollar daromad keltirgan. Bu natija Disney kompaniyasining iyun oyidan beri 1 milliard dollardan sal ko‘proq daromad olgan “O‘yinchoqlar tarixi 5” filmining sotuv ko‘rsatkichlaridan yuqori bo‘ldi.
Bundan tashqari, “O‘rgimchak odam: Yangi kun” bir qator rekordlarni ham o‘rnatdi: mamlakat prokatida seshanba kuni 42 million dollar, dushanba kuni esa 47 million dollar tushum qayd etildi. Qo‘shma Shtatlardagi kinoteatrlar to‘rt kun ichida 400 million dollarlik, olti kun ichida esa 1 milliard dollarlik chipta sotishga muvaffaq bo‘ldi. “O‘rgimchak odam: Yangi kun” O‘rgimchak odam haqidagi avvalgi barcha filmlarga qaraganda bu marralarga eng tez erishgan kartina bo‘ldi.

