Okeandan tortib mikroskopgacha: Avstraliyada yilning eng yaxshi ilmiy suratlari e’lon qilindi

Okeandan mikroskopgacha: Avstraliyada yilning eng yaxshi ilmiy suratlari e’lon qilindi
Melburn universiteti tomonidan tashkil etilgan birinchi Lens of Discovery fototanlovi g‘oliblari e’lon qilindi. Hakamlar hay’ati “bilim ufqlarini kengaytiruvchi” suratlarni tanlab oldi.
Tanlovga 200 dan ortiq ariza kelib tushdi. Finalchilar orasida mikroskopik zamburug‘, kulgili qo‘ng‘ir kattatumshuq, xavfli okean va olimlar hamda talabalarning boshqa kuzatuvlari aks etgan suratlar mavjud.
Tomoshabinlar e’tirofi mukofoti (talabalar)
Candida albicans — odatda og‘iz bo‘shlig‘ida yashaydigan va hech qanday muammo keltirib chiqarmaydigan keng tarqalgan zamburug‘. Biroq, ma’lum sharoitlarda u o‘z shaklini o‘zgartiradi. Suratda bu farq aniq ko‘rinib turibdi: bir tomonda silliq, zich koloniyalar, ikkinchi tomonda esa tikanli, ipsimon tuzilmalar. Aynan shu gifalar zamburug‘ning shilliq qavatga birikib olishiga yordam beradi.
STEM mukofoti (talabalar)
Ushbu surat Avstraliya o‘simliklari bilan bog‘liq zamburug‘lar xilma-xilligiga bag‘ishlangan doktorlik tadqiqotining bir qismidir.
STEM mukofoti (xodimlar)
Arid Recovery tashkiloti xodimlari Avstraliyadagi hasharotlar uchun qo‘yilgan tuzoqlarni tekshirmoqda. Bu ma’lumotlar ekotizim va iqlim o‘zgarishlarini kuzatib borishga yordam beradi.
Quyida tanlov finalistlarining eng yaxshi suratlaridan bir nechtasini to‘pladik.

