Mahalliy

Oʻzbekiston va Turkiya turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Aqqulov Turkiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ufuk Ulutash bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Oʻzbekiston va Turkiya turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.

Toshkent, Oʻzbekiston (UzDaily.uz) —

Turizm qoʻmitasi raisi Abdulaziz Aqqulov Turkiya Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ufuk Ulutash bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar turizm sohasidagi hamkorlikning hozirgi holati, oʻzaro sayyohlar sonini oshirish, turoperatorlar va aviakompaniyalar oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash, investitsiyaviy va targʻibot loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

Shuningdek, Oʻzbekistonlik mehmonxona sohasi mutaxassislari uchun Istanbul va Antaliya shaharlarida malaka oshirish va tajriba almashish dasturlarini tashkil etish, Kappadokiya universiteti bilan taʼlim va ilmiy-amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.

Muloqot davomida turizm tashkilotlari, turoperatorlar, aviakompaniyalar, taʼlim muassasalari va turizm agentliklari oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash, qoʻshma forumlar, B2B uchrashuvlari va investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish orqali hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Uchrashuv yakunida Turkiya turizm sohasi vakillari 2026-yil noyabr oyida Toshkent shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan “Ipak yoʻlida turizm” xalqaro turizm yarmarkasida milliy stend bilan ishtirok etishga taklif qilindi.

international relationsuzbekistantourism cooperationtravel industrysilk road tourismturkeyinvestmentcultural exchange