Oliy Majlis Senati turizm sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini muhokama qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining parlament yuqori palatasi raisi Tanzila Narbaeva boshchiligida boʻlib oʻtgan yigʻilishida turizm sanoatini yanada rivojlantirish va uning mamlakat iqtisodiyotiga qoʻshadigan hissasini oshirish bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi.

Oliy Majlis Senati turizm sohasini rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining raisi Tanzila Narbayeva rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda turizm sanoatini yanada rivojlantirish va uning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushini oshirishga doir masalalar muhokama qilindi.
Yig‘ilishda Turizm qo‘mitasi raisi A. Aqqulovning sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilgan natijalar bo‘yicha hisoboti tinglandi.
Hisobotda joriy yilning birinchi yarmida xizmatlar sohasi qariyb 17 foizga o‘sgani, bunda turizm xizmatlarining hissasi sezilarli darajada oshgani, shuningdek, so‘nggi yillarda turizm milliy iqtisodiyotning strategik ahamiyatga ega sektori sifatida rivojlanib borayotgani qayd etildi.
Shu bilan birga, turizm sohasini yangi bosqichga olib chiqish, uni zamonaviy boshqaruv usullari asosida rivojlantirish, hududlarning turistik infratuzilmasini yaxshilash, yuqori daromadli sayyohlar oqimini ko‘paytirish, shuningdek, tibbiy, gastronomik, MICE, ekoturizm, qishki va ekstremal turizm kabi istiqbolli yo‘nalishlarni kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

