Mahalliy

Oʻzbekiston va Harvard Growth Lab ayollarni qoʻllab-quvvatlash masalalarini muhokama qilishdi

Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Dilnozaxon Kattaxonova hamda Garvard universitetining “Harvard Growth Lab” markazi asoschisi va direktori Rikardo Hausmann o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Oʻzbekiston va Harvard Growth Lab ayollarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha hamkorlikni muhokama qildi

Toshkent, Oʻzbekiston (UzDaily.uz) — Bosh vazir oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Dilnozaxon Kattaxonova va Garvard universitetining “Harvard Growth Lab” markazi asoschisi hamda direktori Rikardo Hausmann oʻrtasida muhim uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Muzokaralar davomida Oʻzbekiston ayollarining iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish va ularning barqaror daromad olishini taʼminlash uchun zamonaviy yondashuvlarni joriy etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Tomonlar ayollar bandligini oshirish salohiyatiga ega boʻlgan istiqbolli sohalarni aniqlash va bu boradagi mavjud toʻsiqlarni chuqur tahlil qilish masalalarini muhokama qildilar.

Shuningdek, xotin-qizlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kuchaytirish muhimligi taʼkidlandi. Shu maqsadda, “Xotin-qizlar liderlik akademiyasi”ni xalqaro tajriba va ilgʻor taʼlim dasturlari asosida nufuzli platformaga aylantirish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.

Uchrashuv yakunida barcha yoʻnalishlar boʻyicha aniq maʼlumotlarga asoslangan milliy strategiyani ishlab chiqish va amaliy hamkorlik mexanizmlarini yoʻlga qoʻyishga kelishib olindi.

uzbekistaninternational cooperationwomen's employmentwomen's empowermentnational strategyharvard growth labeconomic opportunitiesleadership academy