Oʻzbekiston va Boshqirdiston biznes hamkorligini kengaytirishga kelishib oldilar
5 avgust kuni Ufa shahrida «Boshqirdiston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da kengaytirish» mavzusida biznes-forum bo‘lib o‘tdi.

Oʻzbekiston va Boshqirdiston biznes aloqalarini kengaytirishga kelishib oldilar
Toshkent, Oʻzbekiston (UzDaily.uz) — 5-avgust kuni Ufa shahrida "Boshqirdiston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish" mavzusida biznes-forum boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekistonning yengil, oziq-ovqat, kimyo, avtomobilsozlik, mebel sanoati, qurilish, tibbiyot hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohalarida faoliyat yurituvchi 100 dan ortiq korxonasi ishtirok etdi.
Forumda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi oʻrinbosari Odilxon Rustamov, Kichik biznes uyushmasi raisi oʻrinbosari Muzaffarxon Musayev, Boshqirdiston Respublikasi Hukumati raisi oʻrinbosari – sanoat, energetika va innovatsiyalar vaziri Aleksandr Sheldyayev va boshqa 7 ta vazirliklar rahbarlari hamda "Alga" maxsus iqtisodiy zonasi direktori Artem Penzin ishtirok etdi.
Uchrashuvda 2025-yil yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi oʻzaro savdo hajmi qariyb 13 milliard AQSH dollariga yetgani, shuningdek, mamlakatimizda Rossiya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 3 mingdan oshgani qayd etildi.
Forum doirasida "BashGlobalGrupp" MCHJ bilan "Yevraziya" ulgurji-taqsimlash markazida Oʻzbekiston Savdo uyini ochish, oʻzbek kompaniyalarining Xalqaro koʻp funksiyali biznes-majmuasi loyihasida ishtirok etishi hamda "Tolpar" texnoparki bazasida oziq-ovqatdan tashqari mahsulotlarni realizatsiya qilish boʻyicha kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, boshqird korxonalari Afgʻoniston bozoriga yoʻnaltirilgan erkin iqtisodiy zona hududida faoliyat yuritishga taklif etildi.
Tadbir davomida Oʻzbekiston va Boshqirdiston Savdo-sanoat palatalari oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha anglashuv memorandumi imzolandi.
Shuningdek, B2B muzokaralari yakunlari boʻyicha shartnoma va kelishuvlar imzolandi.

