Muhammad Salohning navbatdagi jamoasi ma’lum bo‘ldi

Muhammad Salohning yangi klubi aniq bo‘ldi
Turkiyaning “Trabzonspor” futbol klubi Angliyaning “Liverpul” jamoasining sobiq hujumchisi Muhammad Saloh bilan transfer borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda Hurriyet nashri ma’lum qildi.
Manbaning xabar berishicha, Saloh ertaga, 5-avgust, chorshanba kuni Trabzon shahriga yetib keladi. Futbolchi bilan 2 yillik shartnoma imzolanishi kutilmoqda, uning yillik maoshi 17 million yevroni tashkil etadi.
Turkiya matbuoti ushbu transferni “Trabzonspor” tarixidagi eng qimmat kelishuv deb baholamoqda.
34 yoshli Muhammad Saloh 2017-yil yozidan 2025-yilgacha “Liverpul” safida o‘ynagan va o‘tgan mavsum yakunida klubni tark etgan edi. U mersisaydliklar tarkibida barcha musobaqalarda 442 ta o‘yin o‘tkazib, 257 ta gol urgan va 123 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Misrlik hujumchi “Liverpul” tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. U faqat uelslik hujumchi Ian Rash (339 gol) va angliyalik forvard Rojer Xantdan (280 gol) keyinda joylashgan.
Saloh “Liverpul” bilan birga Angliya chempionligi, UEFA Chempionlar Ligasi, Angliya Kubogi, Angliya Superkubogi, UEFA Superkubogi, Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati g‘olibi bo‘lgan, shuningdek, ikki marta Angliya Liga Kubogini qo‘lga kiritgan.

