Sport

“Trabzonspor” Eldor Shomurodov uchun bir futbolchisini va pul taklif qildi

“Trabzonspor” Eldor Shomurodov uchun futbolchi va pul taklif qildi

O‘zbekiston terma jamoasi va “Bashakshehir” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini Turkiyada boshqa jamoada davom ettirishi mumkin. Heber61 nashrining xabar berishicha, “Trabzonspor” Shomurodovga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

“Trabzonspor” bosh murabbiyi Fotih Takka o‘zbekistonlik hujumchining o‘yin uslubini va turli sxemalarga tez moslashishini yuqori baholagan. Murabbiy Shomurodovdan markazda yagona hujumchi sifatida ham, ikki hujumchili uslubda ham samarali foydalanishni rejalashtirgan. Eldorning oldingi chiziqda jamoani bog‘lab bera olishi, tinimsiz harakati va maydonning turli nuqtalarida o‘ynay olishi murabbiylar e’tiborini tortgan.

Xabarlarga ko‘ra, “Trabzonspor” Shomurodovni qo‘lga kiritish evaziga “Bashakshehir”ga Batista Mendini va qo‘shimcha mablag‘ taklif qilmoqda. Biroq hozircha klublar o‘rtasidagi muzokaralarda jiddiy o‘zgarishlar kuzatilmadi.

“Bashakshehir” o‘tgan mavsumda jamoaning muhim to‘purarlaridan biriga aylangan hujumchi uchun ancha katta pul so‘ramoqda. Shunday bo‘lsa-da, Istanbul klubi Yevropa musobaqalaridan chiqib ketgani va jamoada hujumchilar yetarlicha ekanligi inobatga olinsa, yaqin kunlarda tomonlar kelishuvga erishishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, yakunlangan mavsumda hujumchi barcha turnirlar doirasida jami 44 ta uchrashuvda maydonga tushib, 23 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 7 million yevroga baholamoqda.

başakşehirfatih tekketransferbatista mendymarket valueeldor shomurodovfootballtrabzonspor