Mourinyo “Real” futbolchilari uchun qat’iy qoidalar o‘rnatdi

Mourinyo "Real" futbolchilari uchun qat'iy tartib-qoidalar joriy etdi
"Real" Madrid bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoada intizomni yuqori darajaga ko'tarish maqsadida futbolchilarning ovqatlanishi, mashg'ulotlari va jarohatdan tiklanishiga oid yangi, qat'iy qoidalarni belgiladi.
Ispaniyalik jurnalist Xose Feliks Diasning xabar berishicha, endilikda futbolchilarga o'z taomnomasini mustaqil tanlashga ruxsat berilmaydi. Menyu faqat klub diyetologi tomonidan tasdiqlangan sxema asosida tuziladi. Shuningdek, mashg'ulotga bir daqiqa kechikkan har qanday futbolchi, hech qanday istisnosiz, trenajyor zalida yakka tartibda shug'ullanishga majbur bo'ladi.
Bundan tashqari, jarohatdan davolanish va tiklanish jarayonlari ham to'liq nazoratga olindi. Endilikda tiklanish jarayoni faqat jamoa tibbiy shtabi nazorati ostida, klub bazasida o'tishi shart qilib belgilandi va bu ishga tashqaridan shaxsiy mutaxassislarni jalb qilish qat'iyan man etiladi.
Eslatib o'tamiz, "Real" joriy yilning 11-iyun kuni Joze Mourinyo bosh murabbiy etib tayinlanganini rasman e'lon qilgan edi. Portugaliyalik mutaxassis 2010—2013-yillarda ham madridliklarni boshqargan bo'lib, uning qo'l ostida jamoa Ispaniya chempionati, Kubogi va Superkubogida g'alaba qozongan.

