“Mening oʻyinchoqlarim” — Ronaldu avtomobillarini namoyish etdi

Ronaldu oʻzining hashamatli avtomobillar kolleksiyasini namoyish qildi
"Al-Nasr" klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu oʻzining shaxsiy avtomobillar toʻplamini ijtimoiy tarmoqlarda muxlislarga koʻrsatdi. U joylagan surat ostiga "Mening oʻyinchoqlarim" deya izoh yozgan.
41 yoshli futbol afsonasi namoyish etgan fotosuratlarda asosan ikki taniqli premium giperkar brendi – Ferrari va Bugatti avtomobillari aks etgan. Ular orasida Ferrari Monza SP2, Ferrari Daytona SP3, Ferrari Purosangue krossoveri va Ferrari SF90 modellari bor. Shuningdek, atigi 10 nusxada ishlab chiqarilgan Bugatti Centodieci hamda Bugatti Veyron Grand Sport Vitesse avtomobillari ham diqqatni tortadi.
(Foto: Ronalduning Instagram sahifasi)
Suratda koʻrsatilgan barcha avtomobillarning umumiy qiymati taxminan 18-20 million AQSH dollarini tashkil etadi.

