“Men koʻp oʻylab oʻtirmadim” — Bernardu Silva “Real Madrid” taklifi haqida

Bernardu Silva: "Ko'p ikkilanmadim" — "Real Madrid" taklifi haqida
Portugaliyalik yarim himoyachi Bernardu Silva "Real Madrid"dagi birinchi mashg'ulotidan so'ng o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Real Madrid"ga qarshi ko'p marotaba o'ynaganingizda, klubning qanchalik muhimligini, bu yerda bo'lishning ajoyibligini, "Santyago Bernabeu" kabi ta'sirchan stadionda to'p surishning naqadar go'zal ekanligini his qilasiz.
"Real Madrid" menga murojaat qilganida, rad etishning imkoni yo'q edi. Men ko'p o'ylab o'tirmadim. Oilamga yaqinligim, Portugaliyaga yaqinligim, madaniyatlarimizning o'xshashligi ham muhim omil bo'ldi. Futbol tarixidagi eng buyuk klubda o'ynash orzusi meni shu yerga yetakladi. Men juda baxtliman", — deya Silvaning so'zlarini Marca nashri keltirdi.
Portugaliyalik futbolchi joriy mavsumda "Manchester Siti"dan Madrid klubiga erkin agent sifatida o'tdi.

