“Real” Rodri transferi bo‘yicha muzokara boshladi — Romano

"Real" Rodri transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi — Romano
Madridning "Real" klubi "Manchester Siti" va Ispaniya terma jamoasi yarimhimoyachisi Rodri bilan transfer bo‘yicha muzokaralarga kirishdi. Mashhur insayder Fabritsio Romanoning ma’lumotlariga ko‘ra, "qirollik klubi" tajribali tayanch yarimhimoyachisi uchun 50 million yevro taklif qilishga tayyor. Manbaning ta’kidlashicha, "Real" prezidenti Florentino Peres shaxsan ushbu bitimni amalga oshirishga ruxsat bergan.
Madridliklarning bu faolligi bejiz emas. Yakunlangan 2025/2026-yilgi mavsum "Real" uchun juda omadsiz kechdi — jamoa barcha musobaqalarda muvaffaqiyatsizlikka uchradi va birorta ham sovrinni qo‘lga kirita olmadi. "Real" La Ligada ikkinchi o‘rinni egalladi, Ispaniya Kubogida 1/8 finalda musobaqani tark etdi, Chempionlar Ligasida esa chorak finalda o‘z yurishini to‘xtatdi. Mamlakat Superkubogi finalida esa imkoniyatni boy berib, kumush medallar bilan cheklandi.
Ma’lumot uchun, Rodri yakunlangan 2025/2026-yilgi mavsumda "Siti" safida jami 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Shuningdek, u Ispaniya terma jamoasi bilan birgalikda JCH—2026 g‘olibi bo‘ldi va turnirning "Eng yaxshi futbolchisi" deb topildi. Aynan shu muvaffaqiyat Peres va klub rahbariyatini futbolchini Madridga olib kelishga undagani aytilmoqda.

