Sport

“Manchester Siti” yetakchisi operatsiya qilindi

“Manchester Siti”ning asosiy futbolchisi operatsiya stoliga yotdi.

“Manchester Siti” yarimhimoyachisi hamda Ispaniya terma jamoasi sardori Rodri belidagi jarohati tufayli jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Bu haqda Angliya klubining rasmiy veb-sayti ma’lum qildi.

Klubning xabar berishicha, bu jarohat futbolchini ancha vaqtdan beri bezovta qilib kelayotgan edi. Muvaffaqiyatli o‘tgan operatsiyadan so‘ng Rodri qisqa muddatli reabilitatsiya jarayonini boshladi.

Eslatib o‘tamiz, 30 yoshli Rodri Ispaniya terma jamoasi tarkibida 2026-yilgi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan va ushbu mundialning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etilgan. Shuningdek, u 2024-yilda France Football nashri tomonidan beriladigan “Oltin to‘p” mukofotini ham qo‘lga kiritgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, Rodri 2019-yildan buyon “Manchester Siti” sharafini himoya qilib kelmoqda. U jamoa bilan birgalikda to‘rt marta Angliya chempioni, ikki marta Angliya Kubogi, uch marta Angliya Liga Kubogi sohibi, shuningdek, Chempionlar Ligasi, klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati, UEFA Superkubogi va Angliya Superkubogi g‘olibi bo‘lgan.

spain national teamworld cuprodrifootballballon d'orsurgeryinjurymanchester city