Mankind Pharma O'zbekistondagi investitsiya loyihalarini o'rganmoqda
Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizovning Hindiston Respublikasiga xizmat safari doirasida mamlakatning yetakchi farmatsevtika kompaniyalaridan biri — Mankind Pharma raisi Ramesh Juneja (Ramesh Juneja) bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mankind Pharma O‘zbekistondagi sarmoyaviy loyihalarni ko‘rib chiqmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizovning Hindiston Respublikasiga xizmat safari chog‘ida mamlakatning yetakchi farmatsevtika kompaniyalaridan biri – Mankind Pharma raisi Ramesh Juneja bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar davomida tomonlar O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini amalga oshirish, zamonaviy dori vositalari ishlab chiqarishni kengaytirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlanmalar (R&D) sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, farmatsevtika tarmog‘ida texnologiyalar transferi va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega ishlab chiqarishlarni tashkil etish istiqbollarini muhokama qildilar.
Uchrashuvda "BioPharma City" farmatsevtika klasterining taqdimoti o‘tkazilib, uning imkoniyatlari, xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun taqdim etilayotgan soliq va bojxona imtiyozlari haqida batafsil maʼlumot berildi.
Mankind Pharma rahbariyati O‘zbekistonda farmatsevtika sohasini rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlarni yuqori baholab, investitsiyaviy hamkorlikning aniq yo‘nalishlarini birgalikda ishlab chiqish hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
1995-yilda tashkil etilgan Mankind Pharma Hindistonning eng yirik farmatsevtika kompaniyalaridan biri bo‘lib, retsept asosida va retseptsiz beriladigan dori vositalari, shuningdek, isteʼmolchilar salomatligi uchun mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Kompaniya mahsulotlari 70 dan ortiq mamlakatga eksport qilinib, xalqaro bozorlarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

