Saudiya delegatsiyasi BioPharma City salohiyatini o‘rgandi
Saudiya Arabistoni delegatsiyasi O‘zbekistondagi BioPharma City klasteri faoliyati bilan tanishib, farmatsevtikada hamkorlikni muhokama qildi.

Saudiya delegatsiyasi BioPharma City imkoniyatlarini ko‘zdan kechirdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) —
Sog‘liqni saqlash vaziri Fahd bin Abdurrahmon Al-Jalojil boshchiligidagi Saudiya Arabistoni delegatsiyasi O‘zbekistondagi ilg‘or farmatsevtika klasteri – BioPharma City faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tibbiyot va farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligida Saudiya delegatsiyasi vakillari ishtirokida muzokaralar o‘tkazildi. Unda ishtirokchilarga O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash va farmatsevtika yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, BioPharma City’ning salohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar farmatsevtika sohasida investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi amaliy aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

