Luish Figo: “Infantino endi obroʻsini tiklay olmaydi. Yagona yechim — ketish”

Luish Figo: “Infantino endi obroʻsini tiklay olmaydi. Yagona yechim – ketish”
“Barselona” va “Real Madrid”ning sobiq yarim himoyachisi, shuningdek, “Oltin toʻp” sohibi Luish Figo FIFA prezidenti Janni Infantinoning lavozimidan zudlik bilan isteʼfoga chiqishini talab qildi. U oʻz pozitsiyasini ijtimoiy tarmoqlardagi bayonotida quyidagicha izohladi:
“Men Infantinoning ketishini talab qilayotganlarni qoʻllab-quvvatlayman. U oʻz vazifasini uddalay olmadi. Halol oʻyin oʻrniga, u yolgʻonni tanladi va futbol hisobiga boylik orttirishga urinmoqda.
Bugungi kunda Infantino oʻz atrofidagi odamlar, unga maslahat berganlar va hatto butun hayotini futbolga bagʻishlaganlar orasida ham qoʻllab-quvvatlashni yoʻqotdi. U endi oʻz obroʻsini saqlab qola olmaydi, ammo futbolni saqlab qolish hali ham mumkin. Yagona yechim – ketish va buni hozir qilish kerak”, deb yozdi Figo.

