Mahalliy

Konimexda 2 kilo “opiy” olib ketayotgan qo‘shni davlat fuqarosi ushlandi

Ma’lum bo‘lishicha, u giyohvandlik moddasini muqaddam narkokur’yerlar tomonidan qo‘shni davlatdan kontrabanda qilinib, qoldirib ketilgan xufiya joydan olib ketayotgan bo‘lgan.

Konimexda 2 kilogramm opiy bilan qo‘shni davlat fuqarosi qo‘lga olindi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona qo‘mitalari xodimlari Navoiy viloyatida o‘tkazgan tezkor tadbir davomida katta miqdordagi giyohvand modda musodara qildi.

Ma’lum qilinishicha, Konimex tumani hududida harakatlanayotgan "Kobalt" rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan Qozog‘iston fuqarosiga tegishli sellofan paketda 2 kilogramm 87 gramm opiy moddasi borligi aniqlangan. Ushbu modda ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Aniqlanishicha, u mazkur giyohvand moddani avvalroq narkokuryerlar tomonidan qo‘shni davlatdan kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilib, yashirin joyda qoldirilgan joydan olib ketayotgan bo‘lgan.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, "qamoq" ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

uzbekistandrug traffickinglaw enforcementarrestinvestigationkazakhstanopiumsmuggling