Sport

"Klubimizga aloqasi yo‘q futbolchi haqida gapirmayman" — Arteta Alvares haqida

"Klubimizga aloqasi yo‘q futbolchi haqida gapirmayman" — Arteta Alvares haqida

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoasining "Jirona"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida 4:1 hisobidagi g'alabasidan so'ng, jurnalistlarning London klubining transfer rejalari borasidagi savollariga javob berdi.

"Vinisius qachon keladi?" degan savolga ispaniyalik mutaxassis kulib, "Rahmat" deya javob berish bilan cheklandi. Shundan so'ng u "Arsenal"ning transfer bozorida faol ekanligini va jamoani kuchaytirishga intilayotganini ta'kidladi.

Artetadan Xulian Alvaresning transferi haqida ham so'ralganda, u: "Men klubimiz o'yinchisi bo'lmagan futbolchi haqida gapirmayman", deya javob qaytardi.

Bundan tashqari, Mikel Arteta hujumchi Viktor Gyokeresning "Arsenal"da qolishini tasdiqladi.

arsenalgironajulian alvarezviniciusfriendly matchmikel artetatransfersviktor gyokeres