Sport

“Arsenal” Vinisius Junior bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi

"Arsenal" Vinisius Junior bilan shaxsiy kelishuvga erishdi

Londonning "Arsenal" futbol klubi Madridning "Real" jamoasi hujumchisi Vinisius Junior bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda "kanonirlar"ga oid yangiliklarni yorituvchi HandofArsenal sahifasi ma’lum qildi.

Manbaning xabar berishicha, braziliyalik futbolchining agentligi "Real" rahbariyati bilan muzokaralarga kirishadi va ularning qo‘lida "Arsenal" tomonidan tayyorlangan "ulkan" taklif mavjud.

Avvalroq OAVda London klubi 26 yoshli vingerning transferi uchun 105 million funt sterling (123 million yevro) taklif qilishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, "Real" rahbariyati o‘z hujumchisining ehtimoliy sotuvidan taxminan 137 million funt (160 million yevro) ishlab olmoqchi ekani aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Vinisius 2018-yilning yozidan buyon "qaymoqranglilar" sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida braziliyalik vinger barcha turnirlarda jami 375 ta o‘yinda maydonga tushib, 128 ta gol va 100 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchining hozirgi transfer bahosi 140 million yevroni tashkil etadi.

arsenaltransferplayer contractvinicius juniorfootballla ligareal madridpremier league