Boshqa

Kinotavsiya: kuchli aktyorlar tarkibiga ega 7 ta film (treyler)

Kinotavsiya: Kuchli Aktyorlar Jamlangan 7 Film (Treyler)

Ba'zan yulduzli aktyorlar tarkibi filmning ajralmas qismiga aylanadi, ba'zan esa uni qayta-qayta tomosha qilishga undaydigan o'ziga xos joziba bo'lib xizmat qiladi. Biz allaqachon ekran yuzini ko'rgan yoki shu yili namoyish etiladigan psixologik dramalardan tortib, dinamik jangari janrigacha bo'lgan filmlarni bir joyga jamladik.

**"Odisseya"**

Mett Deymon ijrosidagi Odissey o'zining mushkul safarida turli sinovlar va afsonaviy jonzotlar: nimfa (Sharliz Teron), sirenalar, maxluqlar, sikloplar hamda odamxo'r bahaybatlar bilan yuzma-yuz keladi. U, hatto xudolar qarshi chiqqan taqdirda ham o'g'li Telemax (Tom Holland ijrosida) va rafiqasi Penelopani (Enn Heteuey) yana bir bor ko'rish uchun hamma narsaga tayyor.

**"Jang ortidan jang"**

Bosh qahramon obrazini Leonardo Di Kaprio ijro etgan radikal guruh a'zosi 16 yildan so'ng, u allaqachon oilali bo'lib, qizi (Cheyz Infiniti) tarbiyalamoqda. Ammo uning hayotini ofitser Stiven Lokjo (Shon Penn) barbod qilmoqchi bo'ladi. Qahramon o'zining eng yaqin insonini qutqarish uchun sobiq safdoshlari safiga qaytishga, jumladan, senseyi bilan uchrashishga hamda tizimga qarshi kurashga kirishishga majbur bo'ladi.

**"O'rgimchak odam: Yangi kun"**

Dunyo o'z qahramonini unutgan bo'lsa-da, Piter Parker (Tom Holland) hamon O'rgimchak odam niqobi ostida Nyu Yorkni yashirincha himoya qilib kelmoqda. U yana MJ (Zendeya) va Ned (Jeykob Batalon) bilan uchrashadi. Qiziq, ular uni eslay olisharmikan? Superqahramonning tashvishlariga qo'shimcha ravishda shahar uzra yangi xavf ham aylanib yuribdi. Film o'tmish oqibatlariga yuzma-yuz kelish va garchi bu o'zingiz hamda yaqinlaringiz qalbini parchalasa-da, qurbonliklar qilishga to'g'ri kelishi haqida hikoya qiladi.

**"Dyuna: Uchinchi qism"**

Yangi imperator hokimiyatni qo'lga kiritadi, ammo Timoti Shalame qahramonining muqaddas urush ochish qarori milliardlab odamlarning o'limiga sabab bo'ladi. Bunga uning yaqinlari qanday munosabat bildiradi: sevgan yori Chani (Zendeya), qonuniy rafiqasi (Florens Pyu) va uchinchi qismda to'laqonli personajga aylangan singlisi (Anya Teylor-Joy). Bu – zo'ravonlikning shafqatsiz girdobidan qutulish va oldindan belgilab qo'yilgan taqdirga qarshi kurashish haqidagi ulkan trilogiyaning yakuniy qismidir.

**"Mikki 17"**

Ba'zan ilmiy kashfiyotlar yo'lida hayotni yuz sakson darajaga o'zgartirib, tajriba quyonchasiga aylanishga to'g'ri keladi. Robert Pattinson ijrosidagi bosh qahramon endi har safar o'lib, yangi tanada qayta tug'ilishi kerak. Nufuzli antagonistlar (Mark Ruffalo va Toni Kollett) sababli orangizdan faqat biri omon qolishi mumkin bo'lsa-chi? Bu — shaxsiyat tabiati va o'z qadrini topish haqidagi ilmiy-sarguzasht komediya.

**"Qattiqqo'l xonim 2"**

Mashhur filmning davomi bo'lgan ushbu kartina moda tahririyati o'quvchilarni qanday jalb qilishi va kutilmagan raqobatchiga duch kelishi haqida hikoya qiladi. Sobiq hamkasblar (Enn Heteuey va Meril Strip) jurnalistikaga bo'layotgan tazyiqlar sharoitida yana birga ishlashlariga to'g'ri keladi. Bu — sanoatdagi o'rin hamda ayollarning cho'qqida qolish uchun yon beradigan axloqiy murosalar haqidagi filmdir.

**"Qiyomat loyihasi"**

Tadqiqotchi rolidagi Rayan Goslingning mushkul taqdiri unga hali ko'plab syurprizlar tayyorlab qo'ygan, biroq u asosiy maqsadi – kosmik mikroorganizmlar tufayli halokat yoqasiga kelib qolgan Yerni qutqarish yo'lini topish ekanini yodda tutishi shart. Buni esa kutilmagan yordamchi (u qalbingizni zabt etadi) bilan birga bajarishiga to'g'ri keladi. Shuningdek, rollarda loyihaning qattiqqo'l rahbari obrazida Sandra Hyuller va Milana Vayntrub kabi boshqa aktyorlar ham ishtirok etgan.

film reviewssuperhero filmsmovie trailersupcoming filmsactor spotlightssci-fi filmsdrama filmsaction films