Joze Mourinyo: "Jamoaning tayyorgarligidan juda mamnunman"

Joze Mourinyo: "Jamoaning tayyorgarligidan juda mamnunman"
"Real Madrid" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Ispaniyaning "Marca" nashriga bergan intervyusida Italiyaning "Fiorentina" jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinini (2:2) sarhisob qildi va "Qirollik klubi"dagi ikkinchi faoliyati haqidagi ilk taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
63 yoshli portugaliyalik murabbiy iyun oyida "Los Blancos"ni boshqarishga kirishdi va 2029-yil 30-iyungacha shartnoma imzoladi. Mourino ilgari 2010-yildan 2013-yilgacha "Real Madrid"ni boshqargan va Ispaniya ligasi, Ispaniya kubogi va Ispaniya superkubogida g'olib chiqqan.
"Fiorentina"ga qarshi o'yinda men "Real Madrid"ning uch xil qiyofasini ko'rdim: tetik, charchagan va juda charchagan", deb ta'kidladi Mourinyo.
"Yangi jamoa juda yaxshi o'ynadi. Biz birinchi bo'limni juda yuqori darajada o'tkazdik va katta ustunlikka erishishimiz mumkin edi. Ikkinchi bo'lim jismoniy jihatdan qiyinroq bo'ldi, chunki biz odatiy Italiya jamoasiga duch keldik.
"Real Madrid" o'rtoqlik o'yini bo'lsa ham o‘z darajasini saqlab qolishga harakat qiladi. Mashg'ulotlarning birinchi kunidan beri jamoadan juda mamnunman, garchi barcha o'yinchilar hali Jahon chempionatidan qaytmagan bo'lsalar ham. Madridga qaytishim borasida hali hech narsa his qilmayapman. Hammasi hali oldinda" dedi Mourinyo.

