Sport

JCH-2026. Ispaniya Fransiyani mag‘lub etib, ilk finalchiga aylandi

JCH-2026. Ispaniya Fransiyani mag‘lub etib, birinchi finalchiga aylandi

2026-yilgi Jahon chempionatining yarimfinalida Fransiya va Ispaniya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. “Dallas” stadionida o‘tkazilgan bahs 2:0 hisobida Ispaniya foydasiga tugadi.

22-daqiqada Mikel Oyarsabal Lamin Yamalga nisbatan qo‘pollik qilinishi sababli belgilangan penaltini muvaffaqiyatli bajarib, hisobni ochdi. 29-daqiqada Fransiya himoyachisi Vilyam Saliba jarohati tufayli maydonni tark etdi va uning o‘rniga Maksans Lakrua kiritildi. 55-daqiqada Pedro Porro ajoyib kombinatsiya natijasida farqni ikki golga oshirdi.

Shu tariqa Ispaniya o‘z tarixida ikkinchi marta mundial finaliga yo‘l oldi va 2026-yilgi Jahon chempionatining ilk finalchisi bo‘ldi. Fransiya esa 18-iyul kuni 3-o‘rin uchun bahsda ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya chorak finalda Belgiyani 2:1 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, Fransiya Marokashni 2:0 hisobida yenggandi.

Ikkinchi yarim final uchrashuvida esa Argentina va Angliya terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.

2026-yilgi FIFA Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkazilmoqda. Turnir finali Nyu-Jersidagi “Metlayf” stadionida bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning amaldagi chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi.

jahon chempionatifutbolfransiyaispaniyayarimfinalpenaltargentina