Layfstayl

Instagram: YPX xodimidan ko‘rmana olgan Durdona Qurbonova, onasiga kutilmagan sovg‘a tayyorlagan Umid vines, xonanda Rayhon nimadan xafa?

Instagram: Durdona Qurbonova YPX xodimining ko‘rmanasini oldi, Umid vines onasiga kutilmagan sovg‘a tayyorladi, xonanda Rayhon nimadan xafa bo‘ldi?

Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalarida e’lon qilingan qiziqarli foto va videolarini taqdim etamiz.

Teleboshlovchi va bloger Husnora Shodiyeva o‘g‘li bilan birga poytaxt kinoteatrlaridan birida “O‘rgimchak-odam: Yangi kun” filmining premyerasiga bordi.

Foto: Instagram

Aktyor Adiz Rajabov suratga olish maydonidan qizg‘in jarayonlarni fotosuratlarga muhrladi.

Foto: Instagram

Aktrisa va instabloger Feruza Yusupova oilasi davrasida maroqli vaqt o‘tkazmoqda.

Foto: Instagram

“Zirapcha” realiti-shousi ishtirokchisi, Kokosh taxallusi bilan tanilgan bloger Komila Abduqodirova bolalik yillarini esladi.

Foto: Instagram

Taniqli aktrisa Oydin Yusupova sahifasiga aktyor Bobur Yo‘ldoshev bilan 16 yil avval tushgan suratini joylashtirdi.

Foto: Instagram

O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova taniqli jurnalist Dildora Rustamovani tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, samimiy tilaklarini bildirdi.

Foto: Instagram

Aktrisa Durdona Qurbonova mashinasini to‘xtatgan YPX xodimi unga yangi avtomobili uchun ko‘rmana sifatida pul berganini ma’lum qildi.

Xonanda Rayhon 8 soat yo‘l bosganiga qaramay, Navoiy viloyatidagi to‘y xizmatiga yetib bora olmadi va bundan qattiq xafa bo‘ldi.

Foto: Instagram

Aktyor va xonanda Alisher Uzoqov inson uchun eng muhimi salomatlik ekanligi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: Instagram

Vayner Umid vines partnyori Zebo Rahimova bilan birgalikda onasini tavallud ayyomi bilan tabrikladi hamda unga Tailandga sayohat yo‘llanmasini sovg‘a qildi.

uzbekistaninstagramentertainmentsocial mediabloggersactorssingerscelebrities