Sport

Ilk bor OFKning Elit hakamlar seminari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi

OFKning Elit hakamlar seminari ilk bor O‘zbekistonda o‘tkaziladi.

Joriy yilning 3-7-avgust kunlari Milliy futbol markazida OFKning Elit hakamlar seminari (G‘arb mintaqasi) bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli seminar Osiyo futbol konfederatsiyasining elit toifadagi hakamlari uchun mo‘ljallangan eng muhim o‘quv tadbirlaridan biri hisoblanadi.

Seminarda OFK Hakamlar departamenti vakillari, Osiyoning 92 nafar elit toifadagi hakami, OFKning tajribali instruktorlari va hakamlar tayyorlash bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirok etadi.

Besh kunlik seminar davomida zamonaviy hakamlik talablari, o‘yin vaziyatlarini tahlil qilish, qaror qabul qilish sifati, maydondagi boshqaruv, jismoniy tayyorgarlik va VAR tizimiga oid eng so‘nggi yo‘riqnomalar bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston vakillari – tajribali instruktor Valentin Kovalenko va FIFA hakami Ilgiz Tantashev ushbu seminarning Sharq mintaqasi uchun Yaponiyada o‘tkaziladigan bosqichida ham faoliyat olib boradi.

afcuzbekistanvarfootballreferee seminarelite refereesreferee trainingvalentin kovalenko