Mahalliy

IIVning yarim yillik hisoboti: jinoyatchilik kamaygan, minglab giyohvandlik jinoyatlari fosh etilgan

IIVning yarim yillik hisobotida: jinoyatchilik pasaygan, minglab giyohvandlik jinoyatlari fosh etilgan

O‘zbekiston Respublikasida 2026-yilning birinchi yarim yilligida oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar soni 2 ming 309 taga kamaydi. 5,7 mingdan ortiq mahallada esa hech qanday jinoyat sodir etilmadi. Ushbu davrda giyohvandlik bilan bog‘liq 8,6 mingdan ortiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 2,7 tonnadan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilindi. Bu ma’lumotlar IIVning yarim yillik faoliyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida e’lon qilindi.

Toshkentda o‘tgan “Ochiqlik va xalq bilan muloqot — asosiy mezon” mavzusidagi matbuot anjumanida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Ramazon Ashropov vazirlik tizimining 2026-yil birinchi yarim yilligida erishgan natijalari haqida hisobot berdi.

Uning ma’lum qilishicha, hisobot davrida mamlakatda oldini olish mumkin bo‘lgan 14 ming 342 ta jinoyat sodir etilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 ming 309 taga kam. Ayniqsa, ayollar, yoshlar, muqaddam sudlanganlar va ishsiz fuqarolar ishtirokidagi jinoyatlar soni sezilarli darajada kamaygani qayd etildi.

Matbuot anjumanida giyohvandlikka qarshi kurash natijalari eng muhim yo‘nalishlardan biri sifatida taqdim etildi. Ma’lum qilinishicha, olti oy davomida giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq 8 ming 653 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida 2733 kg giyohvandlik vositalari, 52 kg dan ortiq sintetik moddalar va 2 mln 651 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi.

Shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari tashabbusi bilan 19 ming 755 ta jinoyat aniqlangan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 31 foizga oshgan.

Huquqni muhofaza qilish organlarining qidiruv ishlari natijasida tergov va suddan yashiringan 5 ming 10 nafar shaxs qo‘lga olingan. Bundan tashqari, bedarak yo‘qolgan 2 ming 633 nafar fuqaro topilib, o‘z oilalariga qaytarilgan.

Mahallalardagi kriminogen vaziyat bo‘yicha ham yangi statistik ma’lumotlar e’lon qilindi. Hisobot davrida respublikadagi 5 ming 778 ta mahallada hech qanday jinoyat sodir etilmagan. Bu mamlakatdagi barcha mahallalarning 64 foizini tashkil etadi. Shu bilan birga, 2 ming 738 ta mahalla «sariq», 476 tasi esa «qizil» toifaga kiritilgan.

Matbuot anjumanida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash natijalari ham e’lon qilindi. Olti oy davomida vazirlik tizimiga 200 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Hududiy ichki ishlar organlariga yuborilgan 184 ming 393 ta murojaatning 146 ming 170 tasi ijobiy hal etilgan, yana 14 ming 623 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirish berilgan.

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Ramazon Ashropov

Foto: “Daryo” Korrupsiyaga qarshi kurash masalasiga to‘xtalarkan, vazirlik vakillari 136 holatda ichki ishlar organlari xodimlari o‘zlariga taklif etilgan porani rad etib, qonuniy choralar ko‘rilishi uchun tegishli tartibda murojaat qilganini ma’lum qildi.

Anjumanda, shuningdek, respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng ko‘lamli profilaktik tadbirlarining dastlabki o‘n kunlik natijalari taqdim

xavfsizlikgiyohvandliko‘zbekistonichki ishlar vazirligistatistik ma’lumotlarprofilaktikajinoyatchilikhuquqni muhofaza qilish