Mahalliy

“Hududgazta’minot” va Texnopark mansabdorlari 19,9 mlrd so‘mlik talon-torojda gumonlanmoqda

Toshkent shahrida 'Hududgazta’minot' AJ va Texnopark MCHJning mas’ul shaxslari elektron gaz hisoblagichlariga texnik xizmat ko‘rsatish uchun ajratilgan 19,9 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Hududgazta’minot” va “Texnopark” mansabdor shaxslari 19,9 milliard so‘mlik talon-torojlikda gumonlanmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, “Hududgazta’minot” AJ va “Texnopark” MCHJning mas’ul xodimlari hamda boshqa shaxslar o‘zaro til biriktirib, davlatga qariyb 20 milliard so‘m miqdorida zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, ular elektron gaz hisoblagichlariga texnik xizmat ko‘rsatish ishlari bajarilganligi haqida soxta hujjatlar rasmiylashtirib, 19 milliard so‘m budjet mablag‘larini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlar.

Tekshiruv jarayonida yana bir holat yuzaga chiqqan. Xususan, “Texnopark” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan va “Hududgazta’minot” AJ tomonidan iste’molchilarga o‘rnatilgan 273 ta gaz hisoblagichi gaz sarfini kam hisoblagani sababli davlat va jamiyat manfaatlariga 861,1 million so‘m zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

financial crimeinvestigationgas metersembezzlementcorruptionfraudhududgazta’minottechnopark