FIFA prezidenti yangi kompaniyada yiliga 30 million dollar maosh olishni reja qilgan — The Times

FIFA prezidenti Janni Infantino o‘zining prezidentlik muddati yakuniga yetganidan so‘ng yangi tashkil etiladigan kompaniyada yiliga 30 million dollar maosh olishni rejalashtirgan edi. Bu haqda The Times nashri xabar berdi.
Infantino FIFA Forward Enterprise komissari lavozimini egallashni ko‘zda tutgan. Uning asosiy maqsadi Jahon chempionati kabi bir qancha turnirlarni o‘tkazish huquqini va tashkilotdagi ulushini tashqi investorlarga sotish bo‘lgan. The Times muxbiri Martin Ziglerning ijtimoiy tarmoqlardagi xabariga ko‘ra, bu lavozimdagi uning asosiy maoshi, bonuslarni hisobga olmaganda, yiliga 30 million dollarni tashkil etishi kutilgan edi.
Biroq, Infantinoning bu rejasi amalga oshmadi. Uning tashabbusi turli konfederatsiyalarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Hatto UEFA Jahon chempionatini boykot qilish bilan tahdid qildi.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Endi Byornem esa Jahon chempionati sotiladigan tovar emasligini, futbol amaldorlarga emas, balki muxlislarga va xalqqa tegishli ekanligini ta’kidladi.

