Ferran Torres "Barselona"ni tark etib, "PSJ"ga o'tmoqchi

Ferran Torres "Barselona"ni tark etib, "PSJ"ga o'tishga intilmoqda.
Hujumchi Ferran Torres "Barselona"dan "PSJ"ga o'tishga tayyorligini bildirgan. Jurnalist Matteo Morettoning Marca nashriga asoslanib xabar berishicha, Torres va "Barselona" o'rtasidagi shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar to'xtab qolgan.
"Barselona" va "PSJ" yaqin kunlarda Torresning transfer narxini muhokama qilish uchun bevosita muzokaralar o'tkazishadi. 26 yoshli hujumchi bo'yicha kelishuv tez orada yakunlanishi kutilmoqda. Futbolchining Parij klubi bilan shaxsiy shartnomasi bo'yicha hech qanday muammo yo'qligi aytilmoqda.
Transfermarket Ferran Torresni 55 million yevroga baholamoqda. Avvalroq, "PSJ" shartnomani uzaytirish bo'yicha har qanday taklif uchun "Barselona"dan ustun kelishga tayyorligi haqida xabar berilgan edi.

