Mahalliy

Faol turizm salohiyati yuqori bo‘lgan 162 ta tabiiy ob’yekt ro‘yxati shakllantirildi

Turizm qo‘mitasi tomonidan turizmning faol turlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini belgilovchi qaror loyihasi ishlab chiqildi.

Faol turizm uchun yuqori salohiyatga ega bo‘lgan 162 ta tabiiy ob’yektning ro‘yxati tuzildi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu loyihada quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilgan: sayyohlar hayoti, sog‘lig‘i va xavfsizligini ta’minlashning ustuvorligi; hududlarning tabiiy-geografik imkoniyatlaridan to‘liq foydalangan holda turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish; xalqaro va milliy xavfsizlik standartlarini joriy etish; sohadagi ruxsat berish tartib-taomillarini bosqichma-bosqich raqamlashtirish va soddalashtirish; malakali yo‘riqchi-yo‘lboshlovchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish; shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlari va notijorat tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash.

Faol turizm salohiyati yuqori bo‘lgan 162 ta tabiiy ob’yekt ro‘yxati shakllantirildi. Ular 5 ta hudud bo‘yicha guruhlangan: Toshkent viloyati (77 ta), Surxondaryo viloyati (30 ta), Samarqand viloyati (22 ta), Qashqadaryo viloyati (20 ta) va Jizzax viloyati (13 ta).

Ro‘yxatga 88 ta tog‘ va tog‘ tizmasi, 21 ta ko‘l, 20 ta sharshara, 18 ta g‘or va grot, shuningdek, 15 ta cho‘qqi kiritilgan. Har bir ob’yektning turi, joylashgan tumani va geografik koordinatalari aniqlashtirilgan.

uzbekistanregional developmentmountain tourismtourismnatural attractionstourist safetyecotourismadventure tourism