Sport

Eski tanishlar to‘qnashuvi: JCH-2026 finali ostonasida Angliya va Argentina o‘zaro “jang” qiladi (prevyu)

Eski tanishlar to‘qnashuvi: JCH-2026 finali ostonasida Angliya va Argentina o‘zaro “jang” qiladi (prevyu)

AQSH, Kanada va Meksika hududlarida davom etayotgan Jahon chempionati o‘zining eng qizg‘in bosqichiga yetib keldi. Toshkent vaqti bilan 16-iyulga o‘tar kechasi Atlanta shahridagi “Mercedes-Benz” stadionida haqiqiy “jang maydoni” paydo bo‘ladi: Tomas Tuxel boshchiligidagi Angliya terma jamoasi Lionel Skaloni rahbarlik qilayotgan va turnirda eng omadli jamoa sifatida tanilgan Argentinaga qarshi ikkinchi final yo‘llanmasi uchun bahs olib boradi. Quyida uchrashuv oldidan jamoalarning holati, ehtimoliy tarkiblar va murabbiylarning fikrlari bilan batafsil tanishamiz.

Angliya

Tomas Tuxel shogirdlari ushbu turnirda haqiqatan ham matonatli jamoa ekanligini ko‘rsatmoqda. Guruh bosqichida Xorvatiya, Gana va Panama terma jamoalarini mag‘lub etib, birinchi o‘rinda pley-offga yo‘l oldi. “Uch sherlar” uchun pley-off bosqichi ancha qiyin kechdi. Kongo, Meksika va Norvegiyaga qarshi o‘yinlarda inglizlar hisobda ortda bo‘lishiga qaramay, kuchli xarakter ko‘rsatib, irodali g‘alabalarni qo‘lga kiritdi. Xususan, chorakfinalda Erling Holand yetakchiligidagi Norvegiya taslim bo‘ldi — bu o‘yinda Jud Bellingemning dubli jamoaga yarimfinal yo‘llanmasini taqdim etdi.

Inglizlar safida bir necha yo‘qotishlar mavjud. Tajribali yarim himoyachi Jordan Henderson 1/8 finalda Meksika ustidan qozonilgan g‘alabani (3:2) nishonlash vaqtida qo‘lidan jiddiy jarohat olgan. Qizig‘i shundaki, Henderson o‘sha uchrashuvda maydonga tushmagan bo‘lsa-da, qo‘shimcha daqiqalarda zaxira o‘rindig‘idan turib hakam bilan bahslashgani va to‘pni o‘yinga kiritish jarayoniga aralashgani uchun sariq kartochka olgandi. Shuningdek, xuddi shu bahsda qo‘pol qoidabuzarlik uchun qizil kartochka olgan himoyachi Jarell Kuansa ham jamoasiga yordam bera olmaydi.

Ayni damda Angliyaning hujum chizig‘i sermahsullik borasida raqiblardan qolishmayapti. Jamoa sardori Harri Keyn 6 ta gol va 1 ta assist bilan to‘purarlar poygasida yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, Angliyaning yarimfinalga yetib kelishiga ulkan hissa qo‘shgan Jud Bellingem hisobida ham 6 ta gol va 1 ta assist mavjud. Ularga qanotlarda Bukayo Saka (3 ta assist) va Entoni Gordon (3 ta assist) yaqindan yordam bermoqda. Jamoa muhim palla oldidan optimal sport formasida.

Angliyaning ehtimoliy tarkibi (4-2-3-1): Jordan Pikford; Ris Jeyms, Ezri Konsa, Mark Gehi, Niko O’Rayli; Elliot Anderson, Deklan Rays; Bukayo Saka, Jud Bellingem, Entoni Gordon; Harri Keyn.

Tomas Tuxel (Angliya bosh murabbiyi):

“Juda yaxshi tushunib turibmiz, uni (Lionel Messini) 100 foiz va muntazam ravishda yopib qo‘ya olmaymiz. Erling Holand bilan taqqoslasak, u butkul boshqacha futbolchi, ammo biz Erlingga qarshi qanday o‘ynashning imkoni bo‘lsa va vaziyat talab qilganidan kelib chiqib, juda yaxshi harakat qildik. Shunday ekan, Messiga qarshi ham biror yo‘lini topamiz.

O‘ylashimcha, bu mening ushbu jamoada unga qarshi birinchi marta o‘ynashim bo‘ladi. U har safar har xil yo‘llar bilan maqsadiga yetishiga ishonish qiyin

futbolangliyaargentinajchsportyarimfinaltomas tuxellionel messi