Jahon chempionati finalida tanaffus 30 daqiqagacha choʻzilishi mumkin

Jahon chempionati finalidagi tanaffus 30 daqiqagacha cho'zilishi mumkin
2026-yilgi FIFA Jahon chempionati final uchrashuvidagi tanaffus odatiy 15 daqiqa o‘rniga 30 daqiqagacha davom etishi mumkin. Bu haqda The Times nashri ma'lum qildi. Hal qiluvchi bahs 19-iyul kuni AQSHning Nyu-Jersidagi “Metlayf” stadionida o'tkaziladi.
Avvalroq FIFA matbuot xizmati final uchrashuvi tanaffusida maxsus shou dasturi tashkil etilishi haqida xabar bergandi. Ushbu dasturda kanadalik xonanda Jastin Biber, amerikalik pop yulduzi Madonna, kolumbiyalik qo'shiqchi Shakira va Janubiy Koreyaning mashhur BTS guruhi ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Jahon chempionatining ilk finalchisi Ispaniya terma jamoasi bo'ldi. Ispanlar yarim finalda Fransiyani 2:0 hisobida mag'lub etdi.
Ikkinchi finalchi esa 15-iyul oqshomida bo'lib o'tadigan Angliya va Argentina terma jamoalari o'rtasidagi yarim final bahsida aniqlanadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

