Siyosat

Eronning yana bir bosim vositasi va Iroqda «topilgan» oltinlar – kun dayjesti.

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz..

Eronning yana bir bosim vositasi va Iroqda «topilgan» oltinlar – kun dayjesti.

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng muhim voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.

AQSh blokadasiga javoban Erondagi Muhofizlari korpusi «AQSh va uning ittifoqchilariga foyda keltiradigan barcha boshqa eksport koridorlarini» yopish bilan tahdid qildi.

«Mintaqaviy energiya eksportidan hamma teng bahramand bo‘ladi yoki u hammadan mahrum qilinadi», deyiladi korpusning chorshanba kungi bayonotida.

Tahlilchilarning ta’kidlashicha, Eron Yamandagi ittifoqchisi — husiylar bilan Qizil dengizga olib boruvchi Bob al-Mandab bo‘g‘ozini yopishga ishora qilmoqda. Bu esa Vashingtonga qarshi yangi front ochadi va dunyodagi eng muhim ikkita energiya yo‘lini xavf ostiga qo‘yadi.

Ushbu tor bo‘g‘oz Qizil dengizni Adan ko‘rfazi bilan bog‘laydi va u orqali Saudiya Arabistonining neft eksporti, global yuk tashishning salmoqli qismi o‘tadi.

Husiylarning yuqori martabali mulozimi so‘zlariga ko‘ra, bu chora neft narxini bir barrel uchun 200 dollargacha ko‘tarib yuborishi mumkin.

Husiychilar Bob al-Mandab orqali global savdoni bo‘g‘ish qo‘llaridan kelishini 2023 yilda – G‘azodagi urush boshlanganda ko‘rsatishgandi.

Ko‘rfazda harbiy xarakatlar ham davom etmoqda. AQSh harbiylari seshanba kuni kechqurun Ho‘rmuz bo‘g‘ozi va Eron qirg‘oqbo‘yi hududlari yaqinidagi harbiy nishonlarga 7 soat davomida zarbalar berdi. Eron ham bunga javoban Bahrayn, Kuvayt va Iordaniyadagi AQSh harbiy bazalarini nishonga oldi.

Prezident Donald Tramp esa agar Tehron muzokaralarni qayta boshlamasa, kelgusi haftada Eron elektr stansiyalari va ko‘priklariga zarba berish bilan tahdid qildi. «Energetika obektlarini oxiriga olib qo‘yaman, lekin yakunda biz energetika nishonlariga, albatta, zarba beramiz. Keyin navbat ko‘priklarga keladi», dedi Tramp Fox News'ga bergan intervyusida.

AQSh zarbalari qanchalik uzoq davom etishi haqidagi savolga Tramp: «Ular men yetarli deb aytmagunimcha davom etaveradi», deya javob berdi.

Trampning qo‘shimcha qilishicha, AQSh muzokarachilari eronlik hamkasblari bilan bog‘lanib, ularga «kelishuvga erishganingiz ma’qul» deb aytishgan.

Ukraina yana rus kemalarini nishonga oldi

Ukraina Azov dengizida kecha tunda amalga oshirilgan zarbalar natijasida Rossiyaga tegishli yana 11 ta kema nishonga olinganini ma’lum qildi.

Ukraina dron kuchlari qo‘mondoni Robert Brovdiga ko‘ra, nishonlar orasida beshta tanker, beshta yuk kemasi va bitta shatakchi kema bo‘lgan. Uning ta’kidlashicha, bundan ko‘zlangan maqsad Rossiyaning «soya floti»ga zarar yetkazish va Qrimga yoqilg‘i yetkazib berilishini cheklash bo‘lgan.

Ukraina harbiylarining da’vo qilishicha, uning kuchlari so‘nggi to‘qqiz kun ichida Azov dengizida Rossiyaga qarshi amaliyotlarda jami 116 ta kemaga zarba bergan.

Ukraina dron ishlab chiqarish quvvatini sezilarli darajada oshirdi va Rossiyaning energetika infratuzilmasini, jumladan, neftni qayta ishlash zavodlarini tobora ko‘proq nishonga olmoqda. Bu esa Rossiyaning ishlab chiqarish imkoniyatlariga putur yetkazish bilan bir qatorda, urush hissini rossiyaliklarning uylariga ham olib kirmoqda.

Rossiya qishloq xo‘jaligi vazirligi

rossiyaukrainaeronaqshkorrupsiyahusiylargibraltarbastiliya