Siyosat

Eron Isroil sabab ikki kishini qatl etdi

Omid Behzod va Puriya Safvat Isroilga harbiy va xavfsizlik inshootlarining koordinatalarini, shuningdek, suratlar va boshqa

Eron Isroil bilan aloqadorlikda ayblangan ikki shaxsni qatl qildi.

The Independent nashrining Eron davlat OAVlariga tayanib xabar berishicha, Eron josuslik va Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan ikki kishini qatl etdi.

Omid Beyhzod va Puriya Safvat Isroilga harbiy va xavfsizlik ob’ektlarining koordinatalarini, shuningdek, fotosuratlar va boshqa razvedka ma’lumotlarini yetkazib berishda ayblangan. Tergovchilarning fikricha, bu harakatlar o‘tgan yilning iyun oyida mamlakatlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar va hozirgi keskinlik davrida sodir bo‘lgan.

Nashrning qayd etishicha, Eronda milliy xavfsizlikka qarshi jinoyatlar uchun o‘lim jazosi qo‘llanilishi sezilarli darajada oshgan.

Shuningdek, The Times nashri Eronda Mossad josuslik tarmog‘ining faolligi kuchaygani haqida xabar bergan: Isroil razvedkasi Oliy rahbar Mojtaba Xomanaiyning joylashuvini aniqlashga urinmoqda.

mossadiranespionagenational securityisraeldeath penaltyexecutionsintelligence