Erling Holand aktyor Tom Hollandning kechki ovqatga taklifini javobsiz qoldirdi

Erling Holand aktyor Tom Hollandning kechki ovqatga taklifini rad etdi
Norvegiyalik futbolchi Erling Holand britaniyalik aktyor Tom Hollandning kechki ovqatga taklifini e’tiborsiz qoldirdi. Bu haqda aktyor Jimmi Fellonning tungi shousida ma’lum qildi.
Tom Holland Monakodagi “Formula-1” Gran-prisida britaniyalik poygachi Lyuis Hemilton musobaqasiga kelganida, to‘satdan Erling Holandni ko‘rib qoladi. Shunda aktyor uni kechki ovqatga chaqirishga qaror qiladi. Biroq Erling bu taklifga hech qanday javob bermaydi.
“U na uzr so‘radi, na ‘Bugun kechqurun bandman, futbolim bor’, dedi. Umuman hech narsa demadi”, deydi Tom.
Biroq avvalroq Erling Holand ko‘p kino ko‘rmasligini va shu sababli Tomni tanimaganini aytgan edi. Xabarda esa notanish odamlar bilan muloqot qilishni istamagani uchun javob bermaganini bildirgan.
Rad etganiga qaramay, Tom futbolchini “haqiqiy afsona” deb atadi. “Endi, ya’ni shoudan so‘ng kechki ovqat tashkil etilishi mumkinmi?” degan savolga esa, u Norvegiya terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatining chorak finalida Angliyaga mag‘lub bo‘lgani uchun futbolchi endi buni istamasa kerak, deya javob berdi.

