Eng yaxshi sarmoya — sifatli ta’limdir

Farzandingizning kelajagini ta'minlashda sifatli ta'lim muhitini yaratish muhim ahamiyatga ega. Chunki sifatli ta'lim nafaqat bilim beradi, balki mustaqil fikrlash, ijodkorlik va yetakchilik qobiliyatlarini ham rivojlantiradi.
Quyida farzandingiz ta'limi uchun munosib tanlov bo'lishi mumkin bo'lgan zamonaviy maktablar, ulardagi shart-sharoitlar va qabul jarayonlari haqida ma'lumot beramiz.
**Invento the Uzbek International School**
2020-yilda tashkil etilgan Invento the Uzbek International School xalqaro ta'lim tizimiga asoslangan zamonaviy maktablardan biridir. Maktab ikki kampusdan iborat bo'lib, biri maktabgacha ta'lim, ikkinchisi esa 1-12-sinflar uchun mo'ljallangan.
Invento IB World School maqomiga ega bo'lib, PYP, MYP va DP xalqaro bakalavriat dasturlarini amalga oshiradi. Asosiy ta'lim tili ingliz tili bo'lsa-da, o'quvchilar rus, o'zbek, xitoy va italyan tillarini ham o'rganish imkoniyatiga ega.
IB tizimining asosiy afzalligi — bolalarni mustaqil fikrlash, tadqiqot olib borish, tahlil qilish va olgan bilimlarini real hayotda qo'llashga o'rgatishdir.
Maktabda STEM laboratoriyalari, kutubxona, basseyn, sport zallari, futbol maydoni va san'at xonalari mavjud. O'quvchilar uchun 40 dan ortiq sport, ijodiy va akademik yo'nalishdagi to'garaklar faoliyat yuritadi.
Invento bitiruvchilari Buyuk Britaniya, AQSH, Avstraliya, Belgiya, Italiya va boshqa mamlakatlarning nufuzli universitetlariga qabul qilingan va grantlarni qo'lga kiritgan.
Qabul sentyabr oyigacha davom etadi.
Murojaat uchun: (+998) 71-210-99-99
Sayt: invento.uz
Instagram: @inventouis
Telegram: t.me/inventouis
**Vosiq International School**
2017-yilda tashkil etilgan Vosiq International School’ning Toshkentda uchta filiali faoliyat yuritadi. Maktab ingliz tiliga ixtisoslashgan bo'lib, ta'lim ingliz, o'zbek va rus tillarida olib boriladi. Ingliz tili guruhlarida xorijdan jalb qilingan o'qituvchilar dars beradi.
Maktab ta'limi IB PYP xalqaro dasturi orqali beriladi. Boshlang'ich sinflardanoq o'quvchilar ingliz tilini chuqur o'zlashtirib boradi. Darslardan tashqari robototexnika, dasturlash, shaxmat, suzish, taekvondo, gimnastika, xoreografiya va koreys tili kabi to'garaklar tashkil etilgan.
Maktab bitiruvchilarining aksariyati xorijiy universitetlarda tahsil olishni davom ettirmoqda. Shuningdek, o'quvchilar xalqaro olimpiadalarda qatnashib, Italiya, Koreya va Yaponiyada malaka oshirish imkoniyatlarini qo'lga kiritmoqda.
Har bir o'quvchi uchun alohida parta ajratilgan, sinflar interaktiv panellar bilan jihozlangan. Kampus yopiq hududda joylashgani sababli xavfsizlikka alohida e'tibor qaratilgan.
Maktabda boshlang'ich badal mavjud emas. To'lovlarni oyma-oy amalga oshirish mumkin. Bir oiladan ikki yoki undan ortiq farzand tahsil olsa yoki yillik to'lov bir martada amalga oshirilsa, 5-10 foizgacha chegirma taqdim etiladi.
Qabul sentyabr oyigacha davom etadi.
Murojaat uchun: +998 55 518 00 88
Instagram: @vosiqinternational
Telegram: @vosiqinternational
**Jahon school**
2025-yilda tashkil etilgan Jahon school davlat standartlari asosida ta'lim beradi. Bundan tashqari, o'quvchilar uchun kengaytirilgan dasturlarni ham taklif qiladi. SkillDev dasturi orqali bolalarda muloqot, liderlik, moslashuvchan ko'nikmalar, hayotiy tajribalar va ijtimoiy etiket shakllantiriladi.
Maktab Cambridge Learning Center, Najot ta'lim, AKFA Medline, Safia, Paxtakor va boshqa yetakchi tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. O'quvchilar sun'iy intellekt va Python dasturlash, kulolchilik, duradgorlik, tikuvchilik, futbol, dzyudo, kamondan o'q otish va boshqa ko'plab yo'nalishlarda rivojlanish imkoniyatiga ega.
Ilk faoliyat yilidayoq o'quvchilar IELTS va SAT imtihonlaridan yuqori baholar olgan hamda xalqaro matematika va fan olimpiadalarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan.
9-sinfdan boshlab o'quvchilar aniq, tabiiy yoki ijtimoiy fanlar yo'nalishida chuqurlashtirilgan holda ta'lim oladi.
Qabul avgust oyiga qadar davom etadi.
Murojaat uchun: +99878 777 07 07
Instagram: https://www.instagram.com/jahon_school/
Telegram: t.me/jahon_school
**Colba maktabi**
Tibbiyotga ixtisoslashgan Colba maktabi 2022-yilda tashkil etilgan. Maktabda kimyo, biologiya, ingliz tili va STEM fanlari chuqurlashtirib o'qitiladi. Hozirda Toshkentda maktabning to'rtta: Tinchlik, Chilonzor va Yunusobod tumanlari filiallari, shuningdek, Samarqand filiali faoliyat yuritmoqda.
Bu yerda darslar tizimli va bosqichma-bosqich o'tiladi. Maktabda har bir o'quvchi uchun alohida dars jadvali tuziladi, bu esa individual yondashuvni ta'minlaydi. O'quvchi bir vaqtning o'zida 17 ta emas, balki 6 ta asosiy fanni o'qiydi, qolgan fanlar esa sikl asosida o'qitiladi.
Shu kungacha bitiruvchilarning 100 foizi talaba bo'lgan, ularning 48 foizi grant asosida universitetlarga qabul qilingan. Bundan tashqari, o'quvchilar AQSH, Kanada va Angliya kabi davlatlarning nufuzli universitetlariga jami 550 000 dollar miqdoridagi grantlarni qo'lga kiritishmoqda. Shuningdek, xalqaro STEMCO va fan olimpiadalarida g'olibliklar bor.
Har bir filialda qiymati 20 000 dollarlik laboratoriyalar tashkil etilgan, bu esa maktabda amaliy darslar yo'lga qo'yilganligidan dalolat beradi. Darvoqe, maktabda "Gamifikatsiya" tizimi joriy etilgan. Ya'ni faol o'quvchilar Colby pul birligi bilan rag'batlantiriladi (1 colby = 3000 so'm). Shuningdek, oyiga 500 000 – 550 000 so'm miqdoridagi ta'lim stipendiyasi hamda kitobxonlik, sport va tashabbuskorlik uchun "Kelajak me'mori" stipendiyalari (500 000 - 550 000 gacha) mavjud. Kitobxonlikka alohida urg'u berilib, o'quvchilar tomonidan shu o'quv yilida 500 000 dan ortiq sahifa o'qilgan. Maktabda o'quvchilar bir oyda 500 000 dan 2 700 000 so'mgacha stipendiya olishlari mumkin.
Maktab qabuli avgust oyining 20-sanasigacha davom etadi.
Murojaat uchun: +99855 557 20 20
Instagram: @colba_maktabi
Telegram: @colba_maktabi

