Xususiy maktab tanlayotganda nimaga e’tibor berish kerak?

**Xususiy maktab tanlashda nimalarga e'tibor berish kerak?**
Farzandingizni darsdan keyin turli to‘garaklar va repetitorlarga olib borishdan charchadingizmi? Yo‘lga ketadigan vaqt, tirbandliklar, transport muammolari va oy oxirida sezilarli darajada oshadigan xarajatlar ko‘plab ota-onalar uchun tanish holat.
Agar farzandingiz ta’lim olayotgan maktabning o‘zida fan, sport va ijodiy yo‘nalishdagi barcha to‘garaklar mavjud bo‘lsa, bola o‘z sevimli mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishi mumkin. Bu nafaqat o‘quvchining qimmatli vaqtini tejaydi, balki ota-onalarni ortiqcha tashvish va qo‘shimcha xarajatlardan xalos qilishi mumkin.
"Daryo" poytaxtdagi bir nechta xususiy maktablar va ularda yaratilgan ana shunday qulayliklar haqidagi ma’lumotlarni bir joyga jamladi.
---
**Jahon School**
2025-yilda tashkil etilgan Jahon School davlat standartlari asosida ta’lim beradi va o‘quvchilar uchun kengaytirilgan dasturlarni ham taklif etadi. SkillDev dasturi orqali bolalarda muloqot, liderlik, moslashuvchan ko‘nikmalar, hayotiy tajribalar va ijtimoiy etiket shakllantiriladi.
Maktab Cambridge Learning Center, Najot ta’lim, AKFA Medline, Safia, Paxtakor va boshqa yetakchi tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. O‘quvchilar sun’iy intellekt va Python dasturlash, kulolchilik, duradgorlik, tikuvchilik, futbol, dzyudo, kamondan o‘q otish va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda rivojlanish imkoniyatiga ega.
Ilk faoliyat yilidayoq o‘quvchilar IELTS va SAT imtihonlaridan yuqori baholar olgan hamda xalqaro matematika va fan olimpiadalarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan.
9-sinfdan boshlab o‘quvchilar aniq, tabiiy yoki ijtimoiy fanlar yo‘nalishida chuqurlashtirilgan holda ta’lim oladi.
Qabul avgust oyiga qadar davom etadi.
Murojaat uchun: +99878 777 07 07
Instagram: https://www.instagram.com/jahon_school/
Telegram: t.me/jahon_school
---
**Rahimov School**
2023-yilda tashkil etilgan Rahimov School ingliz tili va matematika fanlariga ixtisoslashgan. Maktabning Toshkent shahrida ikkita va Fargʻona viloyatida bitta filiali faoliyat yuritadi.
Darslar anʼanaviy yodlashdan voz kechgan holda, interaktiv va oʻyinga asoslangan metodlar asosida oʻtiladi. Matematikadan xalqaro “Kumon” tizimi joriy etilgan boʻlib, u oʻquvchilarda mantiqiy fikrlashni rivojlantiradi.
Maktabda Respublika boʻyicha 20 000 nafardan saralab olingan 200 nafar ustoz dars beradi. Oʻquvchilar uchun robototexnika, ICT (axborot texnologiyalari), arab, ingliz va xitoy tillari, kimyo, fizika, matematika va tarix kabi toʻgaraklar hamda futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi va shaxmat kabi sport toʻgaraklari yoʻlga qoʻyilgan.
Uch yildan buyon bitiruvchilar 100 foizli koʻrsatkich bilan xalqaro va mahalliy oliygohlarga oʻqishga qabul qilindi. Joriy yilda 80 nafar oʻquvchidan 37 nafari IELTS dan 7.0+, 29 nafardan 19 nafari SAT’dan 1400+ ball, 43 nafari esa Milliy sertifikatga ega boʻldi.
Bitiruvchilar Amerikadagi Columbia, HKU, HKUST kabi dunyoning TOP universitetlaridan jami 20 million AQSH dollari miqdorida grant yutdi. Shuningdek, Dilafruz Joʻraboyeva AQSHning Rice universitetidan 418 ming dollarlik 100% grant yutib, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Oʻquvchilar uchun muntazam ravishda madaniy va koʻngilochar sayohatlar tashkil etiladi. Yotoqxona faqat Fargʻona filialida mavjud. Transport xizmati hozircha yoʻlga qoʻyilmagan.
Qabul ajratilgan joylar toʻlgach yopiladi.
Murojaat uchun: +99878 113 00 05
Instagram: rakhimovschool.uz
Telegram: t.me/Rahimovschool
---
**Vosiq International School**
2017-yilda tashkil etilgan Vosiq International School’ning Toshkentda uchta filiali faoliyat yuritadi. Maktab ingliz tiliga ixtisoslashgan bo‘lib, ta’lim ingliz, o‘zbek va rus tillarida olib boriladi. Ingliz tili guruhlarida xorijdan jalb qilingan o‘qituvchilar dars beradi.
Maktab ta’limi IB PYP xalqaro dasturi orqali beriladi. Boshlang‘ich sinflardanoq o‘quvchilar ingliz tilini chuqur o‘zlashtirib boradi. Darslardan tashqari robototexnika, dasturlash, shaxmat, suzish, taekvondo, gimnastika, xoreografiya va koreys tili kabi to‘garaklar tashkil etilgan.
Maktab bitiruvchilarining aksariyati xorijiy universitetlarda tahsil olishni davom ettirmoqda. Shuningdek, o‘quvchilar xalqaro olimpiadalarda qatnashib, Italiya, Koreya va Yaponiyada malaka oshirish imkoniyatlarini qo‘lga kiritmoqda.
Har bir o‘quvchi uchun alohida parta ajratilgan, sinflar interaktiv panellar bilan jihozlangan. Kampus yopiq hududda joylashgani sababli xavfsizlikka alohida e’tibor qaratilgan.
Maktabda boshlang‘ich badal mavjud emas. To‘lovlarni oyma-oy amalga oshirish mumkin. Bir oiladan ikki yoki undan ortiq farzand tahsil olsa yoki yillik to‘lov bir martada amalga oshirilsa, 5–10 foizgacha chegirma taqdim etiladi.
Qabul sentyabr oyigacha davom etadi.
Murojaat uchun: +998 55 518 00 88
Instagram: @vosiqinternational
Telegram: @vosiqinternational
---
**Invento the Uzbek International School**
2020-yilda tashkil etilgan Invento the Uzbek International School xalqaro ta’lim tizimiga asoslangan zamonaviy maktablardan biri hisoblanadi. Maktab ikki kampusdan iborat bo‘lib, biri maktabgacha ta’lim, ikkinchisi esa 1–12-sinflar uchun mo‘ljallangan.
Invento IB World School maqomiga ega bo‘lib, PYP, MYP va DP xalqaro bakalavriat dasturlarini amalga oshiradi. Asosiy ta’lim tili ingliz tili bo‘lsa-da, o‘quvchilar rus, o‘zbek, xitoy va italyan tillarini ham o‘rganish imkoniyatiga ega.
IB tizimining asosiy afzalligi — bolalarni mustaqil fikrlash, tadqiqot olib borish, tahlil qilish va olgan bilimlarini real hayotda qo‘llashga o‘rgatishdir.
Maktabda STEM laboratoriyalari, kutubxona, basseyn, sport zallari, futbol maydoni va san'at xonalari mavjud. O‘quvchilar uchun 20 dan ortiq sport, ijodiy va akademik yo‘nalishdagi to‘garaklar faoliyat yuritadi.
Invento bitiruvchilari Buyuk Britaniya, AQSH, Avstraliya, Belgiya, Italiya va boshqa mamlakatlarning nufuzli universitetlariga qabul qilingan va grantlarni qo‘lga kiritgan.
Qabul sentyabr oyigacha davom etadi.
Murojaat uchun: (+998) 71-210-99-99 / invento.uz
Instagram: @inventouis
Telegram: t.me/inventouis

